img

Erkin A'zam

Erkin A’zam (Erkin Norqobiloviç A’zamov) 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tuğilgan. Özbekiston xalq yozuvçisi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist. Erkin A’zam 1967-yilda örta maktabni a’lo baholarga tamomlab, Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga öqişga kirgan va uni 1972-yilda muvaffaqiyatli bitirgan. Mehnat faoliyatini respublika radiosida muharrir sifatida boşlagan. Keyinçalik “Guliston” va “Yoşlik” jurnallarida bölim muharriri, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san’at naşriyotida tahririyat mudiri lavozimlarida işlagan. 1992–1994-yillarda Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktorining örinbosari bölib faoliyat yuritgan. 1995 yildan buyon “Tafakkur” jurnalining boş muharriri hisoblanadi. Şuningdek, u I va II çaqiriq Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan. Yozuvçining ilk ijod namunalari maktab davridan boşlangan bölib, “Inson” nomli ilk hikoyasi 1966 yilda viloyat gazetasida çop etilgan. 1977-yilda esa uning “Çiroqlar öçmagan keça” nomli ilk hikoyalar töplami naşrdan çiqdi. Keyingi yillarda adibning bir qator asarlari kitobxonlar qöliga tegdi: “Otoyining tuğilgan yili” (1981) uşbu töplam uçun Özbekiston yoşlar ittifoqi mukofotiga sazovor bölgan; “Olam yam-yaşil” (1984); “Javob” (1986); “Bayramdan boşqa kunlar” (1988); “Мир в цветах” (1999); “Pakananing oşiq köngli” (2001); “Keçikayotgan odam” (2002). Adibning “Jannat özi qaydadur”, “Şajara”, “Farroş kampirning tuşi”, “Xonadon egasi”, “Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi” kabi asarlari asosida respublika teatrlarida sahna asarlari namoyiş etilgan. Erkin A’zam özbek kinosi rivojiga ham salmoqli hissa qöşib kelmoqda. Uning tsenariylari asosida suratga olingan “Çantrimore”, “Parizod”, “Piyoda”, “Dilxiroj”, “Erkak”, “Zabarjad” va “Suv yoqalab” kabi filmlar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. Xususan, “Dilxiroj” filmi Germaniya va Fransiya telekanallari orqali namoyiş etilgan va uning nusxasi Yaponiyadagi Fukuoka muzeyida saqlanadi. “Erkak” filmi “Kinoşok” festivalida “Eng yaxşi ssenariy” nominatsiyasida ğolib bölgan va Vezul kinofestivalida Gran-prini qölga kiritgan. “Suv yoqalab” filmi “Золотой Витязь” festivalida kumuş sovringa loyiq körilgan. “Parizod” filmi “Kinoşok” festivalida boş sovrin sohibi bölgan. Adibning asarlari rus, ukrain, belarus, qozoq, tojik, turkman, bolgar, gruzin va boşqa tillarga tarjima qilingan. 2015-yilda uning qissalar töplami Angliya va Frantsiyada naşr etildi. Uning ijodida insoniy erk va ma’naviy ozodlik masalalari boş mezon hisoblanadi.

Muallifning kitoblari

Barchasini ko‘rish