1366x768.jpg

Mualliflar uçun

Naşriyot mualliflar bilan hamkorlikda işlab, eng yaxşi asarlar tanlovlarini ötkazadi va mualliflarni rağbatlantirib boradi. Barça mualliflarni naşriyotimiz bilan hamkorlikka çaqiramiz. Ijodkorlar va olimlar tomonidan taqdim etiladigan qölyozmalar naşriyotga qabul qilinib, naşrga tayyorlanadi. Tahririyat mualliflarga mavzular tavsiya etadi va şu mavzulardagi asarlarni naşr etişni rejalaştiradi. Mualliflar bilan hamkorlik asosida şartnomalar tuziladi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at taşkilotlari, ijodiy uyuşmalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari mehnatini rağbatlantiriş böyiça qöşimça şaroitlar yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi 2017-yil 14-avgust, PQ–3201-sonli Qaroriga muvofiq, belgilangan stavkalar böyiça şartnomada özaro kelişuv asosida qalamhaqi tölanadi. Quyidagi tugmani bosing va biz bilan boğlaning.

Biz bilan bog‘lanish