Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya») asari alloma tanlangan asarlari to‘plamining birinchi kitobi sifatida e’tiboringizga havola etilmoqda. Muallif o‘zining mazkur dastlabki yirik tadqiqotini Jurjondagi muhojirlik yillarida yozishni boshlab, milodiy 1000-yilda yakuniga yetkazgan. Kitob qadimiy xalqlarning tarixi, madaniyati va tillarini qunt va matonat bilan, chuqur o‘rganish asosida yaratilgan. Asar manbalar nihoyatda taqchil bo‘lgan va qo‘lyozmalar sanoqli shaxslar qo‘lidagina saqlangan bir davrda, yosh olimning fanning ko‘plab sohalarini qanchalik mukammal egallaganini isbotlovchi noyob yodgorlikdir. Ushbu nashr o‘quvchini nafaqat noyob tarixiy-xronologik ma’lumotlar bilan tanishtiradi, balki keyinchalik Xorazmdagi «Ma’mun akademiyasi»da qizg‘in faoliyat yuritgan, Ibn Sino kabi ulug‘ mutafakkirlar bilan fizika va tabiat falsafasi borasida tengma-teng ilmiy bahslar olib borgan buyuk qomusiy olimning ilk serqirra iste'dodi qanday namoyon bo‘lganiga guvoh qiladi.
110 000 UZS
Маҳсулот ҳақида