img

Abdulla Qodiriy

Özbek adabiyoti tarixida şunday nomlar borki, ular millatning pasportiga aylanadi. Abdulla Qodiriy ana şunday buyuk siymolardan biridir. 1894-yilda Toşkentning eski şahar qismida, boğbon oilasida tuğilgan Abdulla yoşligidanoq ötkir zehni va millatparvarligi bilan ajralib turardi. U dastlab "Julqunboy" taxallusi bilan hajviy hikoyalar yozib, jamiyatdagi illatlarni, qoloqlikni kulgi ostiga oldi. Ammo uning taqdirida özbek adabiyotida butunlay yangi sahifa oçiş — birinçi milliy romanni yaratiş vazifasi yozilgan ekan. Uning "Ötkan kunlar" romani dunyo yuzini körganda, bu şunçaki adabiy voqea emas, balki madaniy inqilob edi. Yozuvçi bu asar orqali özbek xalqiga öz tarixini, urf-odatlarini va eng muhimi, sof muhabbatni körsatib berdi. Otabek va Kumuşning fojiali sevgisi bugungi kunga qadar har bir özbek xonadonida öqiladi, sevib mutolaa qilinadi. Qodiriy bu asari haqida: "Yozmoqqa niyatlanganim — yangi zamon romançiligi bilan tanişiş yölida kiçkina bir tajriba", — deb kamtarlik qilgan bölsa-da, u yaratgan asar haqiqiy durdona bölib çiqdi. Uning ikkinçi yirik asari "Mehrobdan çayon" esa xalq tarixidagi murakkab davrlarni va insoniy munosabatlarni mohirona yoritib bergan. Afsuski, bu buyuk iste’dod egasining hayoti fojiali yakun topdi. 1937-yilgi maş’um qatağonlar davrida Abdulla Qodiriy "millatçi" va "xalq duşmani" degan soxta ayblovlar bilan hibsga olindi. U tergov davomida qattiq qiynoqlarga qaramay, öz ğoyalaridan qaytmadi va birovga tuhmat qilmadi. 1938-yilda, ayni ijodiy kuçga tölgan 44 yoşida otib taşlandi.

Muallifning kitoblari

Barchasini ko‘rish