Ivan Bunin – Nobel mukofoti laureati (1933) bölgan birinçi rus yozuvçisi. Taniqli rus şoiri va yozuvçisi 1870-yilning 22-oktyabrida Rossiyaning Voronej şahrida tuğilgan. 1920-yildan umrining oxirigaça Fransiyada muhojirlikda yaşagan. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy akademigi (1909). Poeziyada rus mumtoz şe’riyati an’analarining davomçisi (“Xazonrezgi”, 1901). Hikoya va povestlarida (köpinça ötmişni qömsaş kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qaşşoqlaşuvi (“Antonov olmalari”, 1900), qişloqning oğir qismati (“Qişloq”, 1910; “Qaqragan vodiy”, 1911), turmuş ma’naviy asoslarini unutişga mahkumlik fojiasi (“San-fransiskolik janob”, 1915) yaqqol tasvirlangan. Kundalik tarzidagi “Badbaxt kunlar” (1925 yilda naşr etilgan)da Oktyabr töntarişi keskin rad etilgan; Rossiyaning ötmişini tiklaş, adibning öz bolalik va yoşligiga qaytiş kayfiyatlari aks etgan. Sevgi haqidagi hikoyalarida (“Mityaning sevgisi”, 1925); “Qoronği xiyobonlar” (1943) kitobida insoniyat taqdirining fojiaviyligi qalamga olingan. Bunin memuarlar yozgan. G.Longfelloning “Gayavata haqida qöşiq” (1896) asarini tarjima qilgan. Bunin öz asarlarida inson ruhiyatining murakkabligini, sevgi fojialarini va inqilob davridagi Rossiya ahvolini mahorat bilan tasvirlagan. U 1953-yilda Fransiyada vafot etgan va Sent-Jenevev-de-Bua qabristoniga dafn etilgan.