img

Umar Sayfiddin

Turk adabiyotida zamonaviy hikoya janriga asos solgan va qisqa umri davomida öçmas iz qoldirgan yozuvçi Umar Sayfiddin 1884-yilda Turkiyaning Gonen şahrida tuğilgan. Uning hayoti Usmonli imperiyasining eng oğir va parçalaniş davriga töğri keldi. Asli harbiylik kasbini tanlagan Umar Bolqon uruşlarida qatnaşadi, hatto yunonlarga asirga tuşib, bir yil davomida asirlik azobini tortadi. Mana şu harbiy hayot, uruş dahşatlari va xalqining boşidan keçirgan kulfatlari uning ijodida realistik ruhda aks etdi. U adabiyotga "Yangi lison" (Yangi til) harakati orqali kirib keldi va turk tilini arab hamda fors sözlaridan tozalab, oddiy xalq tuşunadigan sof turkçada yozişni tarğib qildi. Umar Sayfiddinning eng maşhur asari — bu "Qaşag'i" (Kaşağı) hikoyasidir. Bu kiçik asar yolğon, vijdon azobi va keçikkan puşaymonlik haqida bölib, uni öqigan har qanday inson köziga yoş olmasdan turolmaydi. Hikoyada ukasiga tuhmat qilgan akaning butun umrlik iztirobi tasvirlanadi. Yozuvçi şuningdek, "Pembeli tön", "Falakka" kabi asarlari orqali milliy ğрур, vatanparvarlik va tarixiy xotira mavzularini qalamga oldi. Afsuski, bu buyuk iste’dod egasi qandli diabet kasalligi tufayli bor-yöği 36 yoşida vafot etdi. Uning jasadi vafotidan söng kimsesizlar (egalari yöqlar) morxonasidan topilgan bölsa-da, bugun u butun turk dunyosining eng ardoqli adibi sifatida yaşamoqda.

Muallifning kitoblari

Barchasini ko‘rish