img

Herman Hesse

Nemis-şveytsar adabiyotining eng yirik namoyandasi, 1946-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Herman Hesse 1877-yilda Germaniyada, dindor missionerlar oilasida dunyoga kelgan. Uning bolaligi ziddiyatlarga töla ötdi: ota-onasi uni ruhoniy bölişini istaşardi, ammo yoş Herman qoliplarga siğmas, erkinlikni sevuvçi isyonkor ruh egasi edi. U seminariyadan qoçib ketadi, ruhiy tuşkunlikka tuşadi va hattoki öz joniga qasd qilişga ham urinadi. Bu iztiroblar keyinçalik uning "Ğildirak ostida" asarida maktab tizimining şafqatsizligi va iqtidorli bolaning fojiasi sifatida aks ettirilgan. Hesse butun umri davomida Şarq falsafasi va Ğarb madaniyatini birlaştirişga, insonning içki "men"ini topişiga yordam berişga intildi. Hessening eng maşhur asari — bu "Siddhartha" qissasidir. Hindistonga bölgan muhabbat ta’sirida yozilgan bu kitobda haqiqatni kitoblardan yoki ustozlardan emas, balki faqat öz şaxsiy tajribasi va xatolari orqali topiş mumkinligi ğoyasi ilgari suriladi. Siddhartha boylikdan ham, zohidlikdan ham voz keçib, daryo böyida oddiy qayiqçi sifatida hayotning asl ma’nosini anglab yetadi. Yozuvçining yana bir şoh asari "Çöl börisi" (Der Steppenwolf) esa örta yoş inqiroziga yuz tutgan Garri Haller haqida bölib, u öz içidagi insoniylik va yovvoyi "böri" tabiati örtasidagi kuraşdan azob çekadi. Bu asar inson ruhiyatining naqadar murakkab va qarama-qarşi ekanligini körsatib beradi. Qiziği şundaki, Hessening ijodi u vafot etganidan keyin, 1960-yillarda Ğarbda "gullar bolalari" (xippi) harakati paytida qayta kaşf etildi va yoşlar orasida kult darajasiga kötarildi. Uning "Demian" va "Munçoqlar öyini" kabi asarlari bugun ham özligini, hayotdagi örnini va ruhiy halovatni qidirayotgan har bir kitobxon uçun eng yaqin suhbatdoş bölib qolmoqda. Herman Hesse 1962-yilda Şveytsariyada vafot etdi, ammo uning asarlari millionlab insonlarga "öz içki uyi"ga qaytişga yordam bermoqda.

Muallifning kitoblari

Barchasini ko‘rish