img

Lu Sin

Zamonaviy Xitoy adabiyotining asosçisi va "millat vijdoni" deb e’tirof etiladigan Lu Sin (asl ismi Çjou Şuren) 1881-yilda dunyoga kelgan. Uning yozuvçilikka kirib keliş tarixi juda ta’sirli: yoşligida u Yaponiyada tibbiyot böyiça ta’lim olardi. Bir kuni dars paytida ekranda körsatilgan suratda bitta xitoylik qatl etilayotgani, boşqa xitoyliklar esa bunga befarq tomoşabin bölib turganini körib qoladi. Bu holat unga şunday qattiq ta’sir qiladiki, u "Jismoniy kasalliklarni davolaşdan köra, millatning mudroq ruhini davolaş muhimroq" degan xulosaga kelib, şifokorlikni taşlaydi va qöliga qalam oladi. Uning "Tentak kundaligi" asari Xitoyda birinçi bölib xalq tilida yozilgan va feodal jamiyatni "odamxörlik tuzumi" deb ayovsiz foş etgan asardir. Yozuvçining eng maşhur qissasi "A-Q haqida haqiqiy qissa" (A-Q — qahramonning ismi) bölib, unda özini aldab yaşovçi, kaltak yeb turib ham "men ğolibman" deb öylaydigan nodon va irodasiz inson obrazi yaratilgan. Lu Sin öz asarlari orqali xalqini ğaflat uyqusidan uyğotişga, qoloqlik va jaholatga qarşi kuraşişga çorladi. U 1936-yilda vafot etgan bölsa-da, uning ötkir satiralari bugungi kunda ham öz kuçini yöqotmagan.

Muallifning kitoblari

Barchasini ko‘rish