Mahsulot haqida
Buyuk yozuvçi F. M. Dostoevskiyning «Jinoyat va jazo» romani (1866 yil) jahon adabiyotining mumtoz namunalaridan biridir. «Kambağallik» ayb emas, biroq yoyqiçlik – illat. Birinçisida inson tuğma olijanob fazilatlarini saqlab qola oladi, ammo yoyqiçlikda ularni heç qaçon va heç kim saqlab qololmaydi. Asar qahramonlaridan biri boş qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bölgan Rodion Raskolnikov bu gapdan tegişli xulosa çiqarib olmaydi. Natijada, yoyqiçlikdan qutuliş, tezda boyib ketiş va yuksak mavqega ega böliş maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon öz jinoyatini oqlaydi. Biroq hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosi qolisiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatçini öz aybiga iqror bölişga majbur etadi. Asarda bu mudhiş qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga gözal muhabbat tasviri ham bor, u kitobxonni befarq qoldirmaydi. Romanda şu mudhiş qotillikdan tuğilgan behad, bepöyon uqubatlar, inson ruhining hayratomuz talaylari aks ettiriladi.





