Mahsulot haqida
Uşbu kitobga Nikolay Vasilyeviç Gogolning “Ölik jonlar” nasriy poemasi va beş sahnadan iborat “Revizor” komediyasi kiritildi. “Ölik jonlar” – yozuvçining suyumli asari. Gogolning özi bir döstiga yozgan maktubida “Agar bu asarni köngildagidek yozib tamomlasam, u vaqtda... naqadar zör, naqadar original bir syujetni körasiz. Naqadar rang-barang bir tödani körasiz! Unda butun Rusiya namoyon böladi” deydi. Asar qahramoni Çiçikov yomon odam emas. U zamona zayli bilan şunday xarakterdagi odamga aylanganki, uddaburonlik bilan mol-dunyo töplamoqçi, orzusidagidek sepli qizga uylanib, haşamatli bir uyda farzandlari bilan tinç-xotirjam yaşamoqçi – bor-yöq orzusi şu. Biroq qinğir işning qiyiği çiqadi va Çiçikov nihoyat bundan öziga xulosa qiladi. Gogolning ayrim asarlarida rus dvoryanlari, pomeşçiklar hayotiga aççiq istehzo bilan nazar soliş börtib turadi. U eng qiyin vaziyatlarda ham tanganing boşqa tarafini köra biladi, kulgi va ehtiros, muhabbat bilan rus xarakterini oçib taşlaydi. Şunday asarlaridan biri “Revizor” pyesasidir.





